Jamiyatni boshqarish va nazorat qiluvchi organlari

Yagona aksiyador

«Quality Electronics» AJ xorij korxonasining oliy boshqaruv organi bo‘lib yagona aksiyador hisoblanadi. Yagona aksiyador jamiyat ustavida ko‘rsatilgan vakolatlar doirasida qarorlar qabul qiladi va jamiyatni boshqaradi.

O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘grisida»gi qonuni 58-moddasiga ko‘ra, jamiyatning ovoz beruvchi oddiy aksiyalarining barchasi yagona aksiyadorga tegishli bo‘lgan hollarda, jamiyatda aksiyadorlar umumiy yig’ilishi o‘tkazilmaydi. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bo’yicha qarorlar yagona aksiyador qarori shaklida rasmiylashtiriladi.

Yagona aksiyadorning faoliyati, qarorlar qabul qilishi va jamiyatning boshqaruv shakli va uslublari jamiyat ustavida, «Jamiyat aksiyadorlar umumiy yigilishi to‘g‘risidagi nizom»ga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.

Kuzatuv kengashi

Jamiyat kuzatuv kengashi asosan jamiyat faoliyati ustidan umumiy boshqaruvni amalga oshiradi. Bunda, aksiyadorlar umumiy yigilishi vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qilish kirmaydi, qachonki aksiyadorlar umumiy yigilishi ushbu masalani kuzatuv kengashi zimmasiga yuklamasa.

Jamiyat kuzatuv kengashi azolari soni, ularning saylash tartibi, faoliyatini belgilash tartibi jamiyat ustavi, «Jamiyat kuzatuv kengashi xaqidagi Nizom» va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Jamiyat kuzatuv kengashi o‘z faoliyati bo‘yicha yagona aksiyador oldida javobgardir.

Kuzatuv kengashi a’zolariga haq to‘lash yagona ta’sischi tomonidan tasdiqlangan miqdorda va tartibda amalga oshiriladi.

Ijro organi

Jamiyatning kundalik faoliyatini raxbarlik qilish va boshqarish yagona ijro organi bo‘lgan – direktor xisoblanadi. Direktor o‘z faoliyatida jamiyat yagona aksiyadori va kuzatuv kengashi qarorlarini bajarilishini taminlash, jamiyat ishlab chiqarish resurslari va pul mablag‘laridan samarali foydalanish, aksiyadorlar manfaatlarini taminlash va ximoya qilish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari buzilmasligi va ximoya qilinishi xamda amaldagi qonun xujjatlari talablariga rioya etilishiga masuldir.

Direktor yagona aksiyador qarori bilan 1 yil muddatga tayinlanadi.

Direktorning faoliyat yuritish tartibi, vakolatlari, majburiyatlari, xizmat vazifalari jamiyat ustavi, «Ijro organi xaqidagi Nizom», xizmat yo‘riqnomasi, mehnat shartnomasi hamda amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Jamiyatning amaldagi ijro etuvchi organi rahbari – Kurbanov Tulkin Mirtaxirovich hisoblanadi.

Taftish komissiyasi

Taftish komissiyasi – yagona aksiyadorga hisob beruvchi organ bo‘lib, azolari yagona tasischi qaroriga muvofiq saylanadi. Taftish komissiyasining faoliyat yuritish tartibi va shakli, vakolatlari, majburiyatlari jamiyat ustavi, «Taftish komissiyasi xaqidagi Nizom» va amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Taftish komissiyasi azolariga xaq to‘lash yagona aksiyador qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.