Ijro organi

Jamiyatning kundalik faoliyatini raxbarlik qilish va boshqarish yagona ijro organi bo‘lgan – direktor xisoblanadi. Direktor o‘z faoliyatida jamiyat yagona aksiyadori va kuzatuv kengashi qarorlarini bajarilishini taminlash, jamiyat ishlab chiqarish resurslari va pul mablag‘laridan samarali foydalanish, aksiyadorlar manfaatlarini taminlash va himoya qilish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari buzilmasligi va himoya qilinishi xamda amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishiga masuldir.

Direktor yagona aksiyador qarori bilan 1 yil muddatga tayinlanadi.

Direktorning faoliyat yuritish tartibi, vakolatlari, majburiyatlari, xizmat vazifalari jamiyat ustavi, «Ijro organi xaqidagi Nizom», xizmat yo‘riqnomasi, mehnat shartnomasi hamda amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.